Biz kengayayotgan jamoamizga qo’shilish uchun ambitsiyali va kuchli ishtiyoqli insonlarni izlayapmiz. Agar siz insonlarni intellektual o’sishiga, va ommani bilim saviyasini oshirishga xizmat qiladigan loyiha rivojiga hissa qo’shishni istasangiz, sizni oramizda ko’rishdan xursand bo’lamiz.

Ochiq o’rinlar:

1. Marketing mutaxassislari:

Siz marketing sohasida tajribalimisiz? Biz innovatsion brendimizni rivojlantirish uchun marketologlarga ehtiyojimiz bor. intellect21ni rivojlantirish bo’yicha g’oyalaringiz bo’lsa albatta biz bilan bog’laning.

2. Sotuv menejerlari:

Biz reklama viktorinalari va tanlov musobaqalari kabi xizmatlarimizni yirik va o’rta biznes, brend egalariga taklif qilish bilan shug’ullanadiga katta tajribaga ega sotuv menejerlari bilan ishlashga tayyormiz. Agar sizni noodatiy mahsulot sotish amaliyoti cho’chitmasa va unutilmas yangi tajribalarga ega bo’lishni xohlasangiz biz bilan bo’g’laning.

3. Kontent menejerlari:

Agar siz intellektual o’yinlar sohasiga qiziqsangiz va savollar tuzish bo’yicha tajribaga ega bo’lsangiz, sizni oramizda ko’rishdan mamnun bo’lamiz. Sizdan intellect 21 dagi turli o’yinlar uchun, o’yin turi va mavzuga mos savollarni tuzish hamda qiyinlik darajasi bo’yicha saralash talab qilinadi.

Kontent menejerlari uchun qo’shimcha ma’lumot:

– Kategoriyalar: intellect 21’da kontent menejerlari har bir viktorina kategoriyasi uchun qiziqarli savollar yaratish bilan shug’ullanadilar. Siz tanlagan savollar foydalanuvchilar uchun qiziqarli bo’lishi muhim.
– Aktiv bo’limlar:  Tanlov musobaqalari va so’rovnomalar maqsadlariga mos  savollar tuzish, tanlangan mavzu foydalanunchilar uchun qanchalik tanish ekanligidan kelib chiqib savollar qiyinchilik darajasini aniqlash lozim bo’ladi.

Nima uchun intellect 21’ga qo’shilish kerak?

– Innovatsion muhit: Siz kreativlik va innovatsiyalarni yaxshi ko’radigan va faol qo’llaydigan jamoaning a’zosi bo’lasiz.
– Karyera o’sishi: Biz jamoa a’zolarining doimiy rivojlanishiga e’tibor beramiz. Sizning muvaffaqiyatingiz bu bizning muvaffaqiyatimiz.

Qanday murojaat qilish kerak:
Agar siz Intellect 21 ga qo’shilishni istasangiz, info@intellect21.com manziliga rezyume yuboring Iltimos, mavzu sifatida ariza topshirayotgan lavozimni ko’rsating.

intellect 21 muvaffaqiyatiga va uni dunyo darajasidagi loyihaga aylantirishga hissa qo’shishga tayyor bo’lgan ambitsiyali shaxslarni kutib qolamiz.